"Atalanta" rahbariyati bosh murabbiy bilan janjallashgan futbolchini jazolamaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

Italiyaning «Atalanta» klubi yarim himoyachisi va sardori Alexandro Gomes jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini bilan janjallashgani sababli, jarimaga tortilmaydigan bo'ldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Tomonlar EChLning 5- tur doirasida «Midtyulland» (1:1) jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'yinning 1-bo'limida tortishib qolgandi. Gasperini futbolchidan maydondagi joyini o'zgartirishni talab qilgan, biroq, futbolchini buni rad etgan. Tomonlarning mojarosi tanaffus paytida kiyinish xonasida ham davom etgan, yakunda Gasperini Gomesni tanaffus paytida almashtirib yuborishga qaror qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168