Mbappe nega EChLda gol ura olmayapti?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 313

Frantsiyaning "PSJ" klubi hujumchisi Kilian Mbappe EChLning ortda qolgan beshta turida bitta ham gol ura olmadi. Frantsiyada yosh hujumchini keskin tanqid ostiga olishmoqda. Biroq, uni Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham himoya qildi.
«Kilian har doim muhim rol o'ynaydi. Albatta, u gol urishi kerak. U so'nggi marotaba gol kiritganiga ancha payt bo'ldi.
Eng zo'r hujumchilarda ham bunday davr bo'lishini aytishim mumkin. Yakuniy pallada biroz omad va samaradorlik etishmayapti», – dedi murabbiy.
Mbappe Frantsiya chempionatida 8 ta uchrashuvda 9 ta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158