"Atalanta" sardori va bosh murabbiyi o'zaro janjallashib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 399

Italiyaning «Atalanta» klubi sardori Alexandro Gomes jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini bilan janjallashib qoldi. Bu haqda La Gazetta dello Sport xabar bermoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, mojaro EChL doirasida bo'lib o'tgan «Atalanta» hamda «Midtyulland» (1:1) jamoalari o'rtasidagi o'yinning 1-bo'limida yuz bergan. Murabbiy futbolchidan maydondagi joyini o'zgartirishni so'ragan, biroq, futbolchi murabbiyning talabini bajarishdan bosh tortgan. Yakunda Gomes o'yinning 2-bo'limida maydonga tushmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168