"Napoli" hujumchisi Madridga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Arkadiush Milik uchun navbatdagi xaridor paydo bo'ldi. Gap Madridning «Atletiko» klubi haqida ketmoqda. Madridliklar polshalik hujumchini qishki transfer bozorida qo'lga kiritishmoqchi.
Avvalroq Milikka Rimning «Roma» klubi faol qiziqish bildirgandi. Shuningdek, unga «Tottenxem» va «Inter» klubidan ham takliflar bor.
Polshalik hujumchining «Napoli» klubi bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib bormoqda. Agar neapolliklar Milikning transferidan pul ishlab olishni xohlashsa, u holda qishda sotib yuborishlari kerak, aks holda u yozda erkin agentga aylanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162