Tomas Tuxel: «Deyarli homilador bo'lishning imkoni yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 724

"PSJ" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Evropa chempionlari ligasi guruh bosqichi 5-turidan o'rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yin (3:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Deyarli homilador bo'lishning imkoni yo'q. Xuddi shunday tarzda deyarli pley-offga chiqilmaydi. Biz nimchorak final bosqichiga chiqish uchun katta qadam tashladik, ammo men yigitlarga pley-offga chiqib bo'ldik, deb o'ylashiga yo'l qo'ymayman. Biz yakuniy qadamni qo'yishimiz kerak. Buning uchun esa bugungidek ishtiyoq bilan o'ynashimiz shart», - dedi Tuxel.
Eslatib o'tamiz, "N" guruhida «Manchester Yunayted», PSJ va «RB Leyptsig» jamoalari 10 ochkodan to'plashgan. So'nggi turda "PSJ" o'z uyida "Istanbul"ni, "Leyptsig" esa "MYu"ni qabul qiladi.

Bosh sahifaga
218