Jiru Chempionlar ligasida pokerga erishgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 616

2 dekabr, chorshanba kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida bo'lib o'tgan «Sevilya» — «Chelsi» uchrashuvida londonliklar hujumchisi Olive Jiru 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Frantsiyalik futbolchi kecha 34 yoshuv 63 kunlik edi. Shu tariqa, u musobaqa Chempionlar ligasi tarzida qayta tashkil etilgan vaqtdan (1992) buyon pokerga erishgan eng yoshi ulug' futbolchiga aylandi.
1955 yilda tashkil etilgan musobaqaning butun tarixida esa bir o'yinda 4ta gol urgan eng yoo'i katta o'yinchi Ferents Pushkash hisoblanadi. U 1965 yilda pokerga erishgan paytda 38 yoshu 173 kunlik edi. Bu borada Jiru ikkinchi bo'ldi.
Qo'shimcha tarzda. Jiru "Chelsi" tarixida Chempionlar ligasida pokerni rasmiylashtirgan ilk o'yinchiga aylandi.

Bosh sahifaga
346