EChL. «Chelsi» Olive Jiruning pokeri evaziga «Sevilya»ni engdi, «Borussiya D» g'alabani qo'ldan chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 477

Evropa Chempionlar Ligasining "E" va "F" guruhlarida 2 dekabr, chorshanba kuni 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'ygan «Chelsi» va «Sevilya» Ispaniyada o'zaro bahsga kirishdi. Uchrashuv debyutida Olive Jiru londonliklarning dastlabki golini urdi. Frantsiyalik futbolchi ikkinchi bo'lida yana uchta gol urgan holda jamoasining yirik g'alabasini ta'minladi.
Shu tariqa, «Chelsi» guruhda birinchi o'rin masalasini hal qildi. Guruhning ikkinchi o'yinida «Krasnodar» o'z uyida «Renn»dan ustun keldi.
F guruhi guruhi etakchilari «Borussiya D» va «Latsio» o'zaro o'yin o'tkazdi. 44-daqiqada Rafael Gerreyru dortmundliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 67-daqiqada Chiro Immobile penaltidan urilgan gol evaziga muvozanatni tikladi. Bu durang dortmundliklarga keyingi bosqich eshiklarini ochdi.
Guruhning narigi o'yinida «Zenit» safarda «Bryugge»ga yutqazdi. Ikkinchi yo'llanma taqdiri so'nggi turda kechadigan «Latsio» — «Bryugge» uchrashuvida aniq bo'ladi.
Chempionlar Ligasi, 5-tur
2 dekabr, chorshanba
E guruhi
«Sevilya» Ispaniya — «Chelsi» Angliya 0:4
Gollar: 0:1 – 8 Jiru, 0:2 – 54 Jiru, 0:3 – 74 Jiru, 0:4 – 83, penalti Jiru.
«Sevilya»: Pastor, Serxi Gomes, Navas (Kunde, 59), Diego Karlos, Rekik, Oskar Rodriges (Jordan, 60), Gudel, Vaskes (Munir, 66), Rakitich (Oliver Torres, 75), Idrissi (Okampos, 60), an-Nesiri.
«Chelsi»: Mendi, Ryudiger, Aspilikueta, Kristensen, Emerson, Pulishich (Maunt, 67), Kovachich (Ziyosh, 67), Haverts (Kante, 67), Jorjino (Gilmor, 85), Hadson-Odoi, Jiru (Verner, 84).
Ogohlantirishlar: Gudel (15), Kovachich (37), Idrissi (42), Pulishich (43), Serxi Gomes (82), Maunt (90), Ziyosh (90), Jordan (90).
«Krasnodar» Rossiya — «Renn» Frantsiya 1:0
Gol: 1:0 – 71 Berg.
F guruhi
«Bryugge» Belgiya — «Zenit» Rossiya 3:0
Gollar: 1:0 – 33 de Ketelare, 2:0 – 58, penalti Vanaken, 3:0 – 73 Lang.
«Borussiya D» Germaniya — «Latsio» Italiya 1:1
Gollar: 1:0 – 44 Gerreyru, 1:1 – 67, penalti Immobile.

Bosh sahifaga
214