«Yuventus»ning «Dinamo»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 927

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida "Yuventus" o'z uyida Kievning "Dinamo" klubini qabul qiladi.
Turinliklar bosh murabbiyi Andrea Pirlo mazkur o'yin uchun qaydnomaga 24 nafar futbolchini kiritdi.
"Benovento"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan Krishtianu Ronaldu kengaytirilgan tarkibdan o'rin oldi.
Darvozabonlar: Voytsex Shchensni, Karlo Pinsolo, Israel Franko.
Himoyachilar: Matteys De Ligt, Aleks Sandro, Danilo, Xuan Kuadrado, Leonardo Bonuchchi, Merix Demiral, Radu Dragusin, Janluka Frabotta.
Yarim himoyachilar: Artur, Aaron Remsi, Veston Makkenni, Federiko Keza, Adrian Rabio, Rodrigo Bentankur Federiko Bernardeski, Manolo Portanova, Deyan Kulusevski.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala, Marko Da Grasa.
"Yuventus" – "Dinamo" uchrashuvi 2 dekabrdan 3 dekabrga o'tar kecha Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Bosh sahifaga
312