Keyn LASKga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn Evropa ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida bo'lib o'tadigan LASK klubiga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourino xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, «Tottenxem» muddatidan avval pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan.
Mourino Keynning maydonga tushmaslik sababini ma'lum qilmadi. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassisning ma'lumot berishicha, Keyn Premer-liganing 11-turidan o'rin olgan «Arsenal»ga qarshi bahsda maydonga qaytadi. Shimoliy London derbisi 6 dekabr kuni «Tottenxem» maydonida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166