«Barselona» himoyachisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

"Barselona"ning o'ng qanot himoyachisi Serxi Roberto koronavirusga chalindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Ispaniyalik futbolchi topshirgan test musbat natija bergach, u darhol o'zini yakkalash hayot tarziga o'tkazildi. Roberto yaxshi his qilmoqda va mushagidan olgan jarohatdan tiklanishda davom etmoqda.
28 yoshli Roberto joriy mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalar doirasida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
155