Xoland – so'nggi bir oyda narxi eng ko'p o'sishga erishgan futbolchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 762

Futbol sohasida ilmiy tadqiqot olib boruvchi "CIES Football Observatory" oktyabr - noyabr oylarida narxi eng ko'p o'sgan futbolchilar haqida ma'lumot berdi.
«Borussiya» forvardi Erling Xoland transfer narxi eng ko'p ko'tarilgan o'yinchiga aylandi. Norvegiyalik o'yinchining narxi 35,3 million evroga — 120,3 million evrodan 155,6 million evroga oshdi.
Bu borada ikkinchi o'rinni dortmundliklarning yana bir o'yinchisi Jovanni Reyna egalladi. Uning transfer qiymati 34,4 million evroga oshdi. Hozirda uning narxi 46,1 million evroga teng bo'ldi.
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh esa top-3ga kirdi. Portugaliyalik o'yinchining narxi 19,9 million evroga – 120,3 million evrodan 140,2 million evroga ko'tarildi.

Bosh sahifaga
159