Ispaniya futbol federatsiyasi Messi va «Barselona»ni jarimaga tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 463

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La liganing 11-turi doirasida bo'lib o'tgan «Osasuna»ga qarshi o'yinda (4:0) futbolkasini echgani uchun jarimaga tortildi.
Argentinalik futbolchi gol urganidan so'ng futbolkasini echib, Maradonaning «Nyuells Old Boyz» klubi safida kiygan 10-raqamli futbolkasini namoyish qildi. Buning uchun 33 yoshli o'yinchi sariq kartochka bilan jazolandi.
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi musobaqalarni o'tkazish qo'mitasi bugun Messini 600 evro, «Barselona»ni esa 350 evro miqdorida jarimaga tortish haqida qaror chiqardi.
Kataloniyaliklar ushbu qaror yuzasidan apellyatsiya berishmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166