So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Neftchi»—«Turon» o'yinidan so'ng yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida 8 kishi ushlangan bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 804
Pro-Liga 20-turi doirasida kechgan «Neftchi»—«Turon» uchrashuvidan (0:1) keyin katta tartibsizlik yuzaga kelishi natijasida 8 kishi qo'lga olingan, deb xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.
Tartibsizlik natijasida qo'lga olingalar orasida «Neftchi»ning ikki futbolchisi ham bor. Ulardan biri jamoa posboni bo'lsa, ikkinchisi hakamga zarba bergan futbolchi — Jamshid To'raqulov.
«Daryo» muxbiri xabariga ko'ra, ayni damda Farg'ona viloyati ma'muriy sudida qo'lga olinganlarning ishi ko'rib chiqilmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Neftchi»—«Turon» uchrashuvi tugaganidan keyin «Neftchi» futbolchilari va muxlislar hakamlarga tashlandi. Vaziyatlarning birida farg'onaliklar o'yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullaevga oyoq bilan zarba bergan. Keyinchalik hakamga zarba bergan futbolchi 98-raqamli Jamshid To'raqulov ekanligi ma'lum bo'ldi.
Mazkur bahsni PFL rahbariyati bilan bir qatorda Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ham stadiondan to'g'ridan-to'g'ri ravishda kuzatib borgan.
Ushbu voqeliklardan so'ng Professional futbol ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev yuzaga kelgan holat O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan alohida o'rganilishini ma'lum qildi.
Farg'ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi esa o'yindan so'ng yuz bergan holatlar tashkilot tomonidan nazoratga olinganini bildirib, barcha huquqbuzarlar ushlanganini va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani haqida bayonot berdi.