EChL. Nimchorak finalga chiqqan jamoalar soni 8taga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 505

Kecha oqshom Evropa chempionlar ligasining 4ta guruhida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvlar yakuni bo'yicha pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritgan yana 2ta jamoaning nomi aniq bo'ldi.
"D" guruhida ishtirok etayotgan «Liverpul» o'z maydonida «Ayaks»ni qabul qilib, guruh g'olibiga aylandi. Ikkinchi yo'llanma uchun so'nggi turda amsterdaliklar va «Atalanta» kurash olib borishadi.
"C" guruhida esa nimchorak finalga chiqqan ikkinchi jamoaning ham nomi ma'lum bo'ldi. «Portu» o'z uyida «Manchester Siti» bilan durang o'ynab, guruhda 2-o'rinni naqd qildi.
4-turdan keyin quyidagi klublar pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishgan edi: «Bavariya», «Barselona», «Sevilya», «Chelsi», «Yuventus».
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289