EChL. «Inter» 5 ta gol urilgan o'yinda «Borussiya M»dan ustun keldi, «Atletiko» o'zida «Bavariya»ni enga olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 695

Evropa Chempionlar Ligasining A va B guruhlarida 1 dekabr, seshanba kuni 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
A guruhida birinchi o'rinni naqd qilib qo'ygan «Bavariya» jamoasi «Atletiko» maydonida mehmon bo'ldi. Uchrashuvning 36-daqiqasida Joau Feliks madridliklarni oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Tomas Myuller hisobni tenglashtirishga erishdi.
Shu tariqa «Atletiko» ochkolarini 6 taga etkazib olgan holda 2-o'rinda ketmoqda.
B guruhi etakchisi «Borussiya M» o'z uyida «Inter»ni qabul qildi. Avvaliga milanliklar Matteo Darmianning goli evaziga oldinga o'tib oldi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Alasan Plea muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo'limda «Inter» ikkita to'p kiritishga erishdi. Romelu Lukakuning dubliga myunxengladbaxliklar Pleaning goli bilan javob qaytardi.
Ushbu natijadan keyin guruhdagi holat yanada chigallashdi:
«Borussiya M» — 8 ochko
«Shaxtyor» — 7
«Real» — 7
«Inter» — 5
Evropa chempionlar ligasi, 5-tur
"A" guruhi
«Atletiko» Ispaniya — «Bavariya» Germaniya 1:1
Gollar: 1:0 – 26 Joau Feliks, 1:1 – 86, penalti Myuller.
«Atletiko»: Oblak, Ermoso, Ximenes (Felipe, 68), Savich, Tripper, Lorente, Saul, Joau Feliks (Lemar, 87), Karrasko (Lodi, 87), Korrea (Errera, 80), Koke.
«Bavariya»: Nyubel, Sarr (Richards, 62), Arrey-Mbi (Gnabri, 61), Lyuka Ernandes, Alaba, Xavi Martines (Myuller, 62), Duglas Kosta (Zirkzee, 86), Sane, Musiala (Shtiller, 76), Shupo-Moting, Zyule.
Ogohlantirishlar: Sarr (43), Savich (86).
«Lokomotiv» Rossiya — «Zaltsburg» Avstriya 1:3
Gollar: 0:1 – 28 Berisha, 0:2 – 41 Berisha, 1:2 – 79, penalti Miranchuk, 1:3 – 81 Adeemi.
"B" guruhi
«Borussiya M» Germaniya — «Inter» Italiya 2:3
Gollar: 0:1 – 17 Darmian, 1:1 – 45 Plea, 1:2 – 64 Lukaku, 1:3 – 73 Lukaku, 2:3 – 75 Plea.
«Borussiya M»: Zommer, Layner, Vendt (Volf, 78), Ginter, Yanchke (Zakariya, 46), Kramer, Shtindl (Embolo, 70), Noyhaus, Lazaro, Plea, Tyuram.
«Inter»: Handanovich, Yang (Perishich, 87), Shkrinyar, Bastoni, Darmian (Hakimi, 60), Brozovich, Barella, Galyardini, de Vrey, Lukaku, Martines (Sanches, 71).
Ogohlantirishlar: Shtindl (10), Martines (20), de Vrey (58), Barella (71), Layner (74), Yang (80), Lukaku (89), Galyardini (90), Bastoni (90), Plea (90).
«Shaxtyor» Ukraina — «Real Madrid» Ispaniya 2:0
Gollar: 1:0 – 57 Dentinyo, 2:0 – 82 Solomon.

Bosh sahifaga
285