Ronaldu «Golden Foot» sovrinini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Golden Foot-2020" sovrinini qo'lga kiritdi. Ushbu sovrin futbolning rivoji uchun hissa qo'shgan 28 yoshdan katta futbolchilarga taqdim etib kelinadi.
Portugaliyalik futbolchi mazkur sovrin uchun kurashda Lionel Messi («Barselona»), Robert Levandovski («Bavariya»), Serxio Ramos («Real»), Arturo Vidal («Inter»), Jerar Pike («Barselona»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Neymar («PSJ»), Serxio Aguero («Manchester Siti») va Jorjo Kellini («Yuventus»)ni ortda qoldirdi.
2019 yilda "Golden Foot" sovrini Luka Modrichga nasib etgan edi.
Bundan tashqari, "Golden Foot Prestige" sovrini «Yuventus» prezidenti Andrea Anelliga topshiriladigan bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290