EChL. «Zaltsburg» mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1739

Evropa chempionlar ligasi "A" guruhidan o'rin olgan Moskvaning «Lokomotiv» va «Red Bull Zaltsburg» klublari o'rtasidagi o'yin asosan Evropa ligasi pley-off bosqichi yo'llanmasi uchun kechdi.
Bugungi bahsda raqibiga nisbatan tezroq harakat qilgan avstriyaliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Zaltsburg" ushbu g'alabadan keyin o'z ochkolarini 4taga etkazdi va jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Guruhda 5 ochko bilan 2-pog'onani egallab turgan "Atletiko" bugun o'z uyida "Bavariya"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotsa, "Red Bull" so'nggi turda madridliklarga qarshi bahsda EChL pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.
Evropa chempionlar ligasi, "A" guruhi. 5-tur
Lokomotiv Rossiya – Red Bull Avstriya 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 28 Berisha, 0:2 – 41 Berisha, 1:2 – 79, penalti Miranchuk, 1:3 – 81 Adeyemi.
Lokomotiv – Gilerme, Riibus, Magkeev, Chorluka, Liistsov (Miranchuk, 46), Serkeyra, Jivoglyadov (Riibchinskiy, 84), Raykovich (Ignatev, 46), Eder, Ze Luish (Kamano, 89), Lisakovich (Muxin, 46).
Red Bull – Stankovich, Kristensen, Veber, Ulmer, Ramalo, Yunuzovich, Kamara (Suchich, 69), Soboslai (Daka, 77), Mvepu, Berisha (Ongene, 90), Koyta (Adeyemi, 70).
Ogohlantirishlar: Kamara (45), Muxin (62), Ignatev (79), Ramalo (80), Stankovich (80), Serkeyra (80).

Bosh sahifaga
288