Donarumma kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 390

SportMediaset portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Italiyaning "Milan" klubi rahbariyati o'z darvozaboni Janluiji Donarumma bilan printtspial kelishuvga erishgani haqida xabar beradi. Darvozabon faoliyatini o'z jamoasida davom ettirishga qat'iy qaror qildi.
21 yoshli Donarumma boshqa klublar bilan yanvar oyida rasman muzokara olib borishi mumkin. Biroq, Janluiji buni qilmaydi. Darvozabon jamoaga sodiqligini namoyish etish niyatida.
Donnarumma klub rahbariyatidan mavsum uchun 8 million evro maosh va uch yillik shartnoma so'radi. "Milan" bu masalani 7 million maosh va to'rt yillik shartnoma bilan hal qilmoqchi. Katta ehtimol bilan tomonlar murosaga kelishishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211