Emre Jan: «O'tgan mavsum finalda Ronalduga yutqazgandim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13346

“Yuventus” yarim himoyachisi Emre Jan joriy mavsum EChL bosh mukofotini yutish orzusi ekanligini aytib o'tdi.
“O'tgan mavsum EChL finalida Ronalduga yutqazgandim. Bu mavsum bosh mukofotni Roni bilan birga yutishga harakat qilaman.
Italiyada ko'p eshitaman, hatto muxlislarimiz ham bu mavsum EChL shohsupasida biz bo'lishimizni juda ham istashyapti. Muxlislar buni sabrsizlik bilan kutishyapti, futbolchilar ham buni kutmoqdalar.
“Atletiko” bilan o'yin qiyin bo'lishi aniq. Chunki madridliklarni engish qiyin bo'lgan, lekin biz “Yuventus”miz va o'zimizga ishonishda davom etib, g'alabaga harakat qilamiz.
Ha, eshitdim, Italiyada hamma bizni chempionga chiqarib bo'ldi. Albatta, “Yuventus”da ketma-ket 8-marta Skudettoni yutish imkoniyati bor, ammo bunga osonlikcha etib bo'lmaydi. Uning tagida katta mehnat yotibdi. Skudetto – birinchi o'rinda, Evropa chempionlar ligasi esa undan oldin qo'yilgan vazifa”, – deydi Jan.

Bosh sahifaga
206