"Manchester Siti" qishda "Xoffenxaym"ning 18 yoshli futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 472

Angliyaning «Manchester Siti» klubi qishki transfer bozorida Germaniyaning «Xoffenxaym» himoyachis Melayro Bogarde bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi.
"Shaharliklar" ushbu bitimni yanvar oyida amalga oshirishmoqchi. Bogardening «Xoffenxaym» klubi bilan imzolagan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Shu sababli, nemis klubi o'z futbolchisini tekinga qo'yib yuborish niyatida emas.
Qayd etilishicha, Bogardeni «Milan», «Real» va «Barselona» klublari ham kuzatib kelishmoqda. Transfermarkt portali 18 yoshli futbolchining transfer narxini 2 million evro atrofida baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304