Lautaro uchun kurashda kimning imkoniyati yuqori?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 739

Manchester Evening News nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Italiyaning «Inter» hujumchisi Lautaro Martines qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Argentinalik hujumchiga Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi qiziqish bildirmoqda. Aynan "mankunianliklar" 24 yoshli hujumchi uchun kurashda «Barselona» va «PSJ» klublarini ortda qoldirmoqda.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik taniqli futbol agenti Jorje Mendesh futbolchiga yangi jamoa izlash ishlarini olib bormoqda.
Martines joriy mavsum 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 6 ta gol kiritib, 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180