Klopp van Deyk haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1014

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jarohat olib uzoq muddat safdan chiqqan Virdjil van Deyk haqida fikr bildirdi.
«To'g'risini aytganda, uning tizzasida ijobiy o'zgarish ro'y bermayapti. Lekin, bundan ajablanish kerak emas, chunki u yaqinda operatsiya qilindi. Operatsiya qilinganiga ko'p vaqt bo'lmadi, odatda bunday operatsiyadan keyin futbolchining tezroq tiklanishiga umid qilmaslik kerak.
Biz Virdjil bilan muntazam aloqadamiz. Barchasi yaxshi bo'lishiga shubha qilmayman. U — haqiqiy jangchi», — dedi Yurgen Klopp.
Eslatib o'tamiz, van Deyk "Everton" darvozaboni Jordan Pikford bilan to'qnashib ketganidan so'ng uzoq muddatga safdan chiqqandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
142