"Inter" Konteni iste'foga chiqaradimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 482

Italiyaning "Inter" klubi bosh murabbiy Antonio Konte bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Italiya matbuoti tarqatgan ma'lumotga qaraganda, "qora-ko'klar" rahbariyati murabbiyga ishonishda davom etadi. Italiya vitse-chempioni rahbarlari uzoq muddatli loyihani qurishda davom etishga tayyor, shu sababli ular jamoa Evropa Chempionlar Ligasida guruh bosqichini qaysi o'rinda yakunlashidan qat'iy nazar, bosh murabbiyi ishdan bo'shatmaydi.
"Inter"ning bosh murabbiy bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.
Ayni paytda "Inter" A Seriyada ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184