So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Maradonaning shaxsiy shifokori o'ziga nisbatan qo'yilgan ayblovlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradonaning shaxsiy shifokori Leopoldo Luke mijozining o'limi sabab javobgarlikka tortilganini sharhlab o'tdi.
Avvalroq sud shifokorning uyi va ishxonasida tintuv o'tkazishga qaror chiqargani. Lukening o'zi esa odam o'limiga olib kelgan beparvolikda gumon qilinayotgani xabar qilingandi.
«Bu yuridik surishtiruvlarni tushunmayman va shubhaga bormoqchi emasman. Men o'zimni sudning hukmiga topshiraman. Diegoni davolashda nima qilganimni va qanday qilganimni yaxshi bilaman. Prokurorlar hech kim kutmagan ishni qildi. Bu ularning ishi va men buni hurmat qilaman. Biz ular so'ragan barcha ma'lumotlarni taqdim etdik», — deydi Luke.
Eslatib o'tamiz, Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. U surunkali yurak etishmovchiligi oqibatida o'pkaning o'tkir shishi sabab hayotdan ko'z yumgan.