UEFA safarda urilgan gol qoidasini bekor qilishni muhokama qilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6519

UEFA safarda urilgan gol qoidasini olib tashlashni muhokama qilmagan. Bu haqda tashkilot prezidenti Aleksander Cheferin ma'lum qildi.
«G'alati, biz bu haqda hatto gaplashishni ham kelishmagandik. Qo'mitada bu masala muhokama qilindi, biroq qaror chiqarilgani yo'q.
Feyk xabarlar chiqarish kerak emas», – deydi Cheferin.
Avvalroq Kicker nashri UEFA ijroiya qo'mitasining bugungi yig'ilishda safardagi gol qoidasini olib tashlash ko'rib chiqilishi haqida xabar qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185