"Bavariya" ustozi: "Atletiko"ga qarshi bahsni intizorlik bilan kutyapmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Xans Flik EChL doirasida Madridning "Atletiko" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Manuel Noyer, Robert Levandovski va Leon Goretskalar Madridga kelishmadi. Korenten Tolisso ham o'ynamaydi.
"Atletiko" La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va ular birinchi o'ringa chiqib olishlari mumkin, agar zahirasida bitta o'yinda g'alaba qozonsa. Biz bu bahsni intizorlik bilan kutyapmiz. "Atletiko" himoya va hujum chiziqlari juda yaxshi.
Darvozamizni Aleksander Nyubel qo'riqlaydi. U mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda va ijobiy taasuroot qoldirmoqda. Shuningdek, Kubok o'yinida ham u yaxshi ishtirok etdi", - Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Bosh sahifaga
359