«Sautgempton» ustozi: "MYu" g'alabani xuddi APLda g'olib chiqqandek nishonladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 925

Angliyaning «Sautgempton» klubi bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl APLning 11-tur doirasida «Manchester Yunayted» (2:3) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Ular kiyinish xonasida g'alabani qanday tarzda nishonlashayotgani eshitilayotgandi. "MYu" g'alabani xuddi APL chempionligini qo'lga kiritgandek nishonladi.
Ularning g'alabani bunday nishonlashi - ular uchun o'yin qiyin kechganidan dalolat beradi. Ular bizni mag'lub etish uchun bor kuchlarini sarf qilishdi va biz o'z o'yinimiz bilan faxrlanishimiz mumkin – dedi Xazenxyuttl.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151