Maradonaning qizi "Boka Xuniors" gol kiritgan pallada ko'z-yoshlarini tiya olmadi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1142

Kuni kecha vafot etgan argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning qizi Dalma Argentina chempionati doirasida "Boka Xuniors" — "Nyuells Old Boyz" (2:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan kiritilgan goldan keyin ko'z-yoshlarini tiyib tura olmadi.
"Boka Xuniors" klubi futbolchilari Edvin Kardonaning raqib darvozasiga kiritgan golini Maradonaga bag'ishlashli. Futbolchilar odatda Maradona o'tiradigan tribuna tarafga borishdi va maydonga uning libosini tashlab, qarsak chalib Diegoni xotirlashdi.
VIP-lojada o'tirgan Dalma esa bu voqeadan keyin ko'z-yoshlarini tiya olmadi va yig'lab yubordi.
Boca Juniors players celebrated their first goal in front of Maradona's daughter, who was sitting in his suite at the Bombonera ????????
(via @Xeneizados) pic.twitter.com/0E9Ymi6xny

Bosh sahifaga
147