"Atletiko"ning sobiq sardori futbolchisi faoliyatini yakunladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

Ispaniyalik yarim himoyachi, Madridning "Atletiko" klubida o'ynab nom qozongan Gabi Fernandes futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchining so'nggi jamoasi - Qatarning "Al Saad" klubi bo'ldi. Gabi "Atletiko"dagi futbolchilik faoliyatida Evropa Ligasida (2011/12, 2017/18), Ispaniya chempionatida (2013/14), Ispaniya Kubogidla (2012/13), Ispaniya Superkubogida (2014), UEFA Superkubogida (2012) g'alaba qozongan va ikki marta (2014/14, 2015/16) Evropa Chempionlari Ligasi finalida o'ynagan.
"Bugun futbolchilar faoliyatimga nuqta qo'ymoqchiman. Faoliyatim davomida doim men bilan birga bo'lgan insonlarga, barcha jamoadoshlarimga, murabbiylarga, barcha klub xodimlariga va albatta do'stlarim va oilamga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular og'ir kunlarimda yonimda bo'lishdi. Shuningdek, meni nafaqat maydonda yaxshi bo'lishimni, balki uning tashqarisida ham yaxshi bo'lishimni talab qilgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Futbol insonlarning xotirasida qolishim uchun ko'plab imkoniyatlar berdi va bu shubhasiz eng katta yutuq. Barchaga rahmat", - deb post qoldirdi Gabi o'zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Bosh sahifaga
265