Kavani diskvalifikatsiyaga uchrashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 556

«Manchester Yunayted» hujumchisi Edinson Kavani ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan xabari uchun jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Kavani Angliya premer-ligasining 10-turidan o'rin olgan «Sautgempton»ga qarshi o'yin qahramoniga aylandi. Mankunianliklar birinchi bo'limdan so'ng 0:2 hisobida ortda borishayotgan edi. Edinson esa zaxiradan maydonga tushdi hamda ikkita gol va bitta assist muallifiga aylandi. Yakunda "MYu" 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Manbaga ko'ra, Kavani uchrashuvdan so'ng instagram orqali o'z obunachilarining tabriklariga javob qaytara turib, «Gracias, negrito» deb yozdi. O'zbek tiliga tarjima qilganda bu «Rahmat, qoravoy», degan ma'noni anglatadi. Oradan ko'p o'tmasdan Kavani yozuvni o'chirdi, ammo Angliya futbol assotsiatsiyasi bo'lib o'tgan ishdan xabar topdi va surishtiruv boshladi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi qoidalariga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlar orqali qilingan irqchilik harakatlari tufayli o'yinchi kamida 3ta bahsga diskvalifikatsiya qilinadi.

Bosh sahifaga
269