"Barselona"ning yana bir himoyachisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

La Liganing 11-tur doirasida bo'lib o'tgan "Barselona" hamda "Osasuna" jamoalari o'rtasidagi bahsda mezbonlar himoyachisi Kleman Langle jarohat oldi. Bu haqda "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ronald Kuman ma'lumot berdi.
Frantsiyalik futbolchilar Ruben Garsiyaning to'pga tashlanishidan so'ng jarohat oldi. Langle uchrshuvning 67-daqiqasida o'z o'rnini Karles Alenyaga bo'shatib berdi.
Qayd etish kerakki, bu "Barselona"ning to'rtinchi himoyachisi jarohat olishi. Hozircha jamoa tarkibida "Barselona-2"dan taklif qilishgan 21 yoshli Oskar Minges sog' bo'lib turibdi.
"Men shifokorlar bilan gaplashdim. Aftidan uning jarohati jiddiy emas. Lekin tibbiy ko'rik natijalarini kutishimiz kerak", - dedi Kuman.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165