"Milan" murabbiyi: "G'alaba qozonish har doim yoqimli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318

Italiyaning "Milan" klubi yordamchi murabbiyi Daniele Bonera A Seriyaning 9-tur doirasida "Fiorentina" (2:0) klubi ustidan qozonilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Futbolchilarga ham, murabbiylarga ham g'alaba qozonish har doim yoqimli. Bu juda yaxshi tajriba bo'ldi, lekin biz baribir bosh murabbiyimiz tezroq safimizga qaytishiga umid qilamiz. Ibragimovichsiz "Milan"? U jamoa uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Lekin bu erda muhim futbolchilar ko'p. Ularning shug'ullantirish men uchun katta sharaf", - Boneraning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda MilanTV.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165