Pap Buba Diop yodingizdami? 42 yoshida vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 606

Senegal terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pap Buba Diop 42 yoshida vafot etdi.
Goal.com portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, sobiq futbolchi uzoq davom etgan hastalikdan so'ng vafot etgan.
Pap Buba Diop 2002 yilgi Jahon chempionatining birinchi turida Frantsiya terma jamoasi (o'sha JChning chempioni - tahririyat) darvozasiga g'alaba to'pini kiritgan futbolchi sifatida tanilgan. U Senegal terma jamoasi tarkibida 63 ta o'yinda maydonga tushgan va 11 ta gol kiritgandi.
U faoliyati davomida «Lans», «Fulxem», «Portsmut», «Vest Xem», AEK yana bir qator klublar tarkibida o'ynagan. U futbolchilik faoliyatini 2013 yili yakunlagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
155