A seriya. «Latsio» o'z maydonida yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308

Italiya chempionatining 9-turi doirasida «Latsio» o'z uyida «Udineze»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Udeneliklar tanaffusga qadar Arslon va Pussettoning gollari evaziga raqib darvozasini ikki marta ishg'ol qilishdi. Bahsning 71-daqiqasiga kelib esa Foresteri "Udineze"ning uchinchi golini rimliklar darvozasiga yo'lladi.
Faqatgina shundan so'ng "Latsio" penalti ishladi va undan Chiro Immobile unumli foydalanib, hisobni bittaga qisqartirdi. Indzagi shogirdlarining bundan ortig'iga kuchlari etmadi.
Ushbu g'alabadan keyin "Udineze" o'z ochkolarini 10taga etkazib, jadvalda 11-o'ringa ko'tarildi. "Latsio" esa 14 ochko bilan 9-pog'onada qoldi.
Italiya A seriyasi, 9-tur
Latsio – Udineze 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 18 Arslan, 0:2 – 45 Pussetto, 0:3 – 71 Foresteri, 1:3 – 74, penalti Immobile.
Latsio – Strakosha, Radu, Acherbi, Gabarron (Pereyra, 76), Latstsari, Luis Alberto (Kaysedo, 63), Kataldi (Leyva, 46), Fares (Marushich, 46), Parolo (Akpa-Akpro, 46), Korrea, Immobile.
Udineze – Musso, Larsen, Nyuytink, Samir, Zegelar (Molina, 57), de Paul, Arslan (Yayalo, 57), Pussetto, Pereyra, Foresteri (Uolas, 80), Rodrigo Bekao.
Ogohlantirishlar: Arslan (32), Fares (44), Pereyra (45), Samir (45), Musso (73), Leyva (77), Akpa-Akpro (90).

Bosh sahifaga
219