Tuxel «PSJ» o'yinchilarini tanqid ostiga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Frantsiya chempionatining 12-turi doirasida bo'lib o'tgan «Bordo»ga qarshi o'yin (2:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Ikkinchi bo'limda bunchalar bo'shashgan holda maydonga chiqmasligimiz kerak. Birinchi bo'lim yaxshi o'tdi, biz oddiy futbol namoyish etdik. Ammo o'yin taqdirini hal qilish uchun bizga jiddiylik etishmadi, hujumda dadil harakat qila olmadik.
Ikkinchi taymda bizga intizom, ishtiyoq etishmadi... «Monako»ga qarshi uchrashuvga nisbatan yomonroq o'ynadik.
Odatda men o'z jamoamni himoya qilaman, ammo bugun futbolchilardan rozi emasman. Ketma-ket ikkita o'yinda ochko yo'qotishga mutlaqo haqimiz yo'q edi. Biz ikkinchi bo'limni to'la boy berdik. Bu bizning aybimiz, jumladan, mening ham.
«Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda butunlay boshqa «PSJ»ni ko'rishimiz kerak. Nima uchun o'yinga mas'uliyat bilan yondashmayapmiz, nima uchun jiddiyroq o'ynamayapmiz, tushunmayapman?», — dedi Tuxel.

Bosh sahifaga
339