Neymar «PSJ» safida Ibrahimovich o'rnatgan rekordni yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 634

«PSJ» hujumchisi Neymar Frantsiya chempionatining 12-turidan o'rin olgan «Bordo»ga qarshi o'yinda (2:2) bitta gol muallifiga aylandi.
Ushbu gol braziliyalik futbolchi uchun Liga 1 doirasida "Pari Sen Jermen" safidagi 50-gol bo'ldi. 28 yoshli futbolchi ushbu natijaga 58ta o'yinda erishdi. Bungacha "PSJ" safida Frantsiya chempionati doirasida dastlabki 50ta to'pni Zlatan Ibrahimovich eng tez kiritgan edi (59ta o'yin).
Liga 1'ning so'nggi 70ta mavsumida bunday dovonni ikik futbolchi tezroq zabt etgan — Gunnar Andersson (53 o'yin) va Yosip Skoblar (54ta uchrashuv). Har ikki futbolchi ushbu gollarni «Marsel» safida urishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187