Liga 1. «PSJ» g'alabani qo'ldan chiqardi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678

Frantsiya chempionatining 12-turi doirasida «PSJ» o'z maydonida «Bordo»ni qabul qilib, ikki ochko yo'qotdi.
Bahsning 10-daqiqasida parijliklar futbolchisi Pembelening avtogoli evaziga mehmonlar oldinga olib chiqishdi. Ammo mezbonlar ikki daqiqada ikkita gol urib, oldinga o'tib olishdi. 27-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirgan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tib Moyze Kin jamoasining ikkinchi golini urdi.
Uchrashuvning 60-daqiqasida Adli hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Qolgan daqiqalarda esa "PSJ" raqib darvozasiga yo'l topa olmadi.
Ushbu durang tufayli "PSJ"ning ochkolari 25taga etdi. Ikkinchi o'rindagi "Lill" bugun "Sent-Eten"ni mag'lub etsa, parijliklarga etib oladi.
Frantsiya chempionati, 12-tur
PSJ – Bordo 2:2 (2:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 10, avtogol Pembele, 1:1 – 27, penalti Neymar, 2:1 – 28 Kin, 2:2 – 60 Adli.
PSJ – Riko, Florentsi, Pembele, Kimpembe, Bakker, Verratti (Errera, 64), Paredes (Ikardi, 85), Rafinya (Di Mariya, 63), Neymar, Kin (Sarabiya, 81), Mbappe.
Bordo – Kostil, Kvateng (Benito, 46), Bess, Koselni, Sabali, Zerkan (Uden, 59), Otavio, Bashich (Adli, 58), Xvan Iiy Chjo (de Previl, 59), Ben-Arfa, Madja (Brian, 81).
Ogohlantirishlar: Otavio (26), Pembele (90).

Bosh sahifaga
188