"Diego Maradona" filmi rejissyori: "Ronaldu? U shaxs emas-ku?!"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 821

2008 yili "Diego Maradona" filmini suratga olgan rejissyor Emir Kusturitsa Krishtianu Ronaldu haqida filmni suratga olish qiziqarli emasligini ta'kidladi.
Jurnalistlar rejissyordan futbolchilar haqida yana film suratga olish niyatidamisiz, deb so'rashganida, u shunday javob qaytardi:
«Yo'q, bunday reja yo'q. Ronaldu? U ideal, ko'p mablag' ishlab topgan, lekin qani uni shaxsi? U qanday qiziqarli narsalarni aytib bera oladi? U barcha narsani aytib bo'lgan. Shunday ekan, nima keragi bor u haqida filmni suratga olishni?» — dedi Emir Kusturitsa.
2008 yili Kusturitsaning "Diego Maradona" filmi premerasi bo'lib o'tgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313