«Barselona» prezidentligiga nomzod klubga Holandni olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224

Klubning prezidentligiga asosiy nomzodlardan biri Joan Laporta agar ushbu lavozimga rasman saylanadigan bo'lsa, bu erda jiddiy o'zgarishlar amalga oshirish niyatida.
Uning asosiy nishonlaridan biri «Borussiya» forvardi Erling Holand bo'lishi aytilmoqda. Laporta bunga jiddiy tayyorlanmoqchiligini yashirmayapti. O'z navbatida futbolchining agenti Mino Rayola Laportaning yaqin tanishi ham hisoblanadi. Ayni paytda Holandning transfer narxi 75 million atrofida baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, «ko'k-anorranglilar» Joan Laportaning avvalgi prezidentlik davrida (2009) bitta trebl qayd etgan.
Manba: ASFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169