Habib Nurmagomedov GFC promoushenini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384
Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Gorilla Fighting Championship (GFC) promoushenini sotib oldi.
Bloger Azamat Bostanovning xabar qilishicha, kelishuv 1 million dollarga baholangan.
Habib buni 2 dekabr kuni Moskvada tashkil etiladigan matbuot anjumanida e'lon qilishi kutilmoqda. Habib promoushenning nomini o'zgartiradi. U endi EFC (Eagle Fighting Championship) deb ataladi.
Taxminlarga ko'ra, EFC musobaqalari Rossiya va MDH mamlaklaridan tashqari, yaqin sharq va AQShda ham o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221