"Sautgempton" ustozi: "MYu"? Bunday mish-mishlarga e'tibor qaratmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 812

Angliyaning "Sautgempton" klubi bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlardan biri ekanligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
— Men bunday mish-mishlarga e'tibor qaratmayman, — Xazenxyuttlning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com portali. — Meni "Sautgempton"da nimalar ro'y berayotgani qiziqtiradi, mening uzoq yillik shartnomam bor va menimcha, ushbu klubdan o'zgacha bir narsani olishni kutyapman - deya qo'shimcha qildi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220