«Barselona» «Osasuna»ga qarshi tarkibini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

Kataloniyaning «Barselona» klubi La Liganing 11-tur doirasida «Osasuna» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Tarkibga Lionel Messi va Frenki de Yonglar qaytdi. Ularga jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman ularga qo'shimcha dam olish uchun imkoniyat bergandi. Shuningdek, jarohatidan foriq bo'lgan Serxio Buskets ham tarkibdan joy oldi.
Ushbu bahsni Jerar Pike, Samyuel Umtiti, Serdji Roberto, Ansu Fati va Ronald Arauxolar jarohat sababli o'tkazib yuboradi.
«Barselona» – «Osasuna» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 29 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
405