Gvardiola: "Aguero Maradonaning vafotini og'ir qabul qildi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 776

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Diego Maradona vafot o'tganidan so'ng, Serxio Aguero qo'shimcha dam olish kuni berishga qaror qildi.
Serxio Aguero Maradonaning sobiq kuyovi sanaladi. Gvardiolaning fikricha, Agueroni «Byornli»ga qarshi maydonga tushirmaydi, chunki, u argentinalik afsonaning o'limidan keyin o'zini yomon his qilgan.
«Uning hissiyotlari haqida gapirish menga og'ir. «Olimpiakos»ga qarshi o'yin qiyin o'tdi. Serxio o'zini professionallardek tutdi, lekin men uni keyin ham qiynash niyatida emasman.
Aguero Maradonaning vafotini og'ir qabul qildi. Serxioning o'g'li va umuman barcha ushbu voqeadan hayratda. Men oqilona harakat qilishim kerak», — dedi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
405