Maradonadan qancha meros qolgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 455

Argentinaning "Clarin" nashri Diego Maradonadan taxminan qancha meros qolganini ma'lum qildi. Nashrning hisob-kitobiga ko'ra, sobiq futbolchining mulki 500 million evroga baholandi.
Maradonanig Buenos-Ayresda hamda Argentina poytaxti atrofida uy va kvartiralari bor edi. Shuningdek, uning ixtiyorida qimmatbaho avtomobillar mavjud edi. Bundan tashqari, Maradona Kuba, Italiya va Venesueladagi korxonalarga investitsiya kiritgan.
Diego ixtiyorida turli-tuman qimmatbaho sovg'alar ham to'plangan bo'lib, ularning umumiy qiymati 300 ming evroga baholangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201