"Liverpul" futbolchisi APL taqvimini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 436

Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold APL taqvimini tanqid qildi.
— Uch oy karantinda bo'ldik, keyin esa tayyorgarliksiz o'ynashni boshladik va dam olish uchun etarlicha vaqtga ega bo'lmadik. Qachonki sening hisobingda dam olish uchun 2 hafta vaqt bo'lsa va oldinda 10 kunlik mavsumoldi yig'ilish bo'lsa - kuchli ligada o'z o'yningni ko'rsatishing qiyin. O'yindan o'yinga tiklanish uchun barchada vaqt kam, shu sababli, jarohatlar ko'payib ketdi. Nimanidir o'zgartirish kerak, - Aleksander-Arnoldning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Evening Standard.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184