Veynaldum o'z kelajagiga sentyabr oyida oydinlik kiritib bo'lgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 397

Angliyaning «Liverpul» klubi yarim himoyachisi Jordjino Veynaldum faoliyatini Kataloniyaning «Barselona» klubida davom ettirishi niyatida. Bu haqda TodoFichajes nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, niderlandiyalik futbolchi o'zining kelajagi borasida shu yilning sentyabr oyida oydinlik kiritib bo'lgan. Futbolchining "mersisaydliklar" bilan shartnomasi 2021 yilning iyun oyida yakuniga etadi. U katta ehtimol bilan «Barselona» tarkibiga yanvar oyida qo'shiladi.
Bugun «Liverpul» APL doirasida «Brayton» klubi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317