"Bavariya" ustozi: "Sane keraksiz pallalarda to'pni ko'p yo'qotmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Xans Flik Leroy Sanening kamchiliklari haqida fikr bildirdi.
— Leroy ajoyib formada, ammo, u boshqalarga qaraganda keraksiz to'p yo'qotishlarni ko'p amalga oshirmoqda, bundan tashqari, birga bir vaziyatlarda samarasiz ishlamoqda. Buning sabablari bor, biz bu haqda u bilan gaplashdik, u mana shu kamchiliklari ustida ishlaydigan bo'ldi. Biroq, uning maydonda bo'lishi har doim jamoaning dinamikasini oshiradi, qolaversa, Sane so'nggi o'yinlarda zahiradan maydonga tushib, tez-tez gol kiritmoqda, - Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318