Lempard derbidan oldin nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 391

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frank Lempard "London derbisi"da "Tottenxem"ga qarshi bo'ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Chelsi" - "Tottenxem" o'rtasidagi bahs - muhim o'yin, chunki bu - derbi. Bu nima ekanligini bilaman.
Jamoalarning yaxshi formada ekanligi va jadvalning eng yuqori qismida ekanligi keskinlikni oshiradi. Biz yuqori o'rinlar uchun kurashamiz, shuning uchun o'yin muhim bo'ladi.
Asosiy raqobatchilarni mag'lub qilish har doim muhimdir, bu ishonch uchun juda foydali bo'lishi mumkin. "Tottenxem" juda yaxshi o'ynaydi. O'tgan hafta ular "Manchester Siti"ni mag'lubiyatga uchratishdi, bu g'alaba ularga qanday ishonch berganini tasavvur qilishingiz mumkin.
Shu bilan birga, endi mavsumning boshlanishi, shu sababli, ko'p hal chalg'imasligimiz kerak. Etakchilik uchun kurash olib borayotganimiz yaxshi, ammo oldimizda uzun yo'l turibdi. Men Joze Mourinoning pozitsiyasini tushunaman" - dedi Lempard.

Bosh sahifaga
384