U-21 birinchiligi. "Navbahor" - AGMK uchrashuvi nega qoldirildi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419

Xabaringiz bor, bugun U-21 Birinchiligining 25-turidan o'rin olgan bahsda Denis Toymentsov va Alisher Mahmudov murabbiylik qilayotgan “Navbahor – U-21” yoshlar jamoasi o'z maydonida Olmaliqning AGMK yoshlarini qabul qilishi lozim edi.
Ammo Qamchiq dovonida qor yoqqanligi bois, dovon yopilganligi sababli, olmaliqliklar Namanganga etib kela olishmadi.
Shu bois, bugun o'tkazilishi kerak bo'lgan “Navbahor” – AGMK yoshlar jamoalari o'rtasidagi bahs qoldirildi.
Ushbu o'yin ertaga o'tkazilishi mumkin. Bu haqda klubmizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qo'shimcha ma'lumot beramiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395