Diego Kosta 6 oyga safdan chiqqan bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449

«Atletiko» hujumchisi Diego Kosta qon tomir bilan bog'liq kasallik tufayli uzoq vaqtga safdan chiqqan bo'lishi mumkin. Bu haqda shifokor Xose Eskuderoga asoslanib "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Shifokorga ko'ra, 32 yoshli futbolchi sentyabr oyida koronavirusga chalinganidan keyin ushbu muammoga duch kelgan. COVID-19 tufayli Diegoning qoni quyuqlashgan va vena qon tomirida tromblar yuzaga kelgan. Qotgan qon organizm bo'ylab harakatlanib, yurakkacha etib borsa, jiddiy muammo keltirib chiqarishi mumkin.
«Futbolchilar maydonda ko'p to'qnash kelishadi. Shuning uchun ehtiyot bo'lishi kerak. Odatda ushbu kasallikdan to'iq forig' bo'lish uchun 3 oydan 6 oygacha vaqt ketadi», — dedi Eskudero.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187